Siyosat

Toshkentni yana “suv bosdi”

Hokimlik holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkentni yana “suv bosdi”

Bugun, 5-may kuni poytaxtda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab shaharning ayrim hududlariga suv to‘plandi.

 

Hokimlik xabariga ko‘ra, Yashnobod tumanining “Mahtumkuli” ko‘chasidagi ariqlarda va avtomobil yo‘lida suv to‘planishi holati kuzatilgaan, mazkur holat haydovchilarga va ayniqsa, piyodalarga katta noqulaylik tug‘dirgan. Shahar va tuman kommunal xizmatlari tomonidan suv to‘planishi holati bartaraf etilgan va avtomobil yo‘li normal holatga keltirilgan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu vaziyatning yagona sababi – chiqindilarning belgilangan joylarga emas, balki yo‘llarga va ariqlarga tashlab ketilishi.

 

“Tumanimiz obodligi, qulayligi, tozaligiga befarq bo‘lmaylik! Tumanimizni sarishta saqlash bizning, sizning – barchamizning masʼuliyatimiz. Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali, tumanimiz ozodaligiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz!”, deyiladi tuman hokimligi xabarida.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Toshkentni yana “suv bosdi” | Zamon.uz