Surxondaryoda ikkita mashina avariyaga uchradi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Holat 5 may kuni soat 14:00 lar chamasi Sariosiyo tumanining “Terakzor” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini boshqarib kelib, o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlangan va yo‘lning chap tomonida joylashgan ko‘chaga burilayotgan Malibu avtomashinasi bilan to‘qnashadi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti avtomashinasida vafot etganlar bor.







