O'zbekiston

Farg‘onada prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlandi

U tezkor tadbirda 2000 AQSH dollari olayotganda qo‘lga tushgan.

Farg‘onada prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbaridan 2000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Aniqlanishicha, u tuman prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblov xulosasi tuman sudiga yuborilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanmasligiga hamda JKning 45-moddasi (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llanilmasligiga yordam berishi evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan va muqaddam 1000 AQSH dollari olgan.

 

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi agrofirma rahbari tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, joriy yilning aprel oyida g‘allachilik va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning davlat zaxirasiga olingan 10 gektar yer maydonini F/X ixtiyoriga qaytarib berish hamda xo‘jalikning bajarilmagan g‘alla ekish rejasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda agrofirma rahbari so‘ralgan pul mablag‘idan 1000 AQSH dollari va 5 mln. so‘m olgan vaqtida ushlandi.Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, talab qilingan pul mablag‘idan 100 AQSH dollarini olib, qolgan qismini o‘zida saqlab turishi haqida agrofirma rahbariga topshiriq bergan vaqtida Chortoq tumani hokimi o‘rinbosari ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Taʼkidlash lozimki, agrofirma rahbari fermerning ushbu masalasini hal qilib berish bo‘yicha avvalroq 3 mln. so‘m olgan.

 

DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahar elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i o‘rinbosari o‘z rahbarining og‘zaki topshirig‘iga asosan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJning transformatorini elektr tarmog‘iga ulab, tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xizmat xonasida 40 mln. so‘m miqdorida pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, Angren shahar elektr taʼminoti korxonasi boshlig‘i ham protsessual tartibda ushlandi.

 

DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tumandagi 20 sotix yer maydonida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga, o‘zining xizmat xonasida 25 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.

 

Hozirda mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada prokuror o‘rinbosari pora bilan ushlandi | Zamon.uz