Toshkentda metro yana to‘xtab qoldi
Bunga elektr taʼminotidagi uzilish sabab bo‘lgan.

Joriy yilning 7 may sanasi soat 12:35 da "Ming o‘rik" bekatining aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 62-sonli harakat tarkibi elektr taʼminotidagi qisqa uzilish sababli, 8 daqiqa vaqt davomida harakatlana olmagan.
Yuzaga kelgan kamchilikni bartaraf etish maqsadida, tegishli mutaxassislar tomonidan tezkor chora-tadbirlari ko‘rilib, hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlarning harakat jadvali belgilangan interval bo‘yicha harakati qayta tiklangan.
"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi rasmiy xabarda.







