O'zbekiston

Andijonda salkam 1,5 kg oltin chegarada ushlab qolindi

Fuqarolar uni mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketishga uringan.

Andijonda salkam 1,5 kg oltin chegarada ushlab qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasini jalb qilgan holda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

 

Jumladan, Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi, 1985, 1997 va 2000 yillarda tug‘ilgan 4 nafar shaxs “Do‘stlik” chegara-bojxona posti orqali mamlakatimizdan Qirg‘iz Respublikasiga zanjir, tish qolipi hamda lom shaklidagi tilla buyumlarni – kiyimlari ichiga yashirgan holda olib chiqib ketishga uringan vaqtlarida ushlandi.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ulardan ashyoviy dalil sifatida olingan, asillik darajasi 997 bo‘lgan oltin buyumlar va qotishmalarning jami vazni 556 gr.ni, umumiy bahosi 474 mln. 256 ming. so‘mni tashkil etadi.

 

Boshqa holatda esa Izboskan tumanida yashovchi, 1983 Y.T. ayol “Madaniyat” chegara-bojxona posti orqali Qirg‘iz Respublikasiga chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, tegishli tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

Natijada, unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan zanjir va lom ko‘rinishidagi, umumiy vazni 568 gr.ni tashkil etuvchi, asillik darajasi 992 bo‘lgan oltin borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu tilla buyumlar va quymalarning umumiy bahosi 431 mln. 894 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Shuningdek, uning sherigi bo‘lgan – Namangan tumanida yashovchi, 1983 Y.T. ayol ham asillik darajasi 992 bo‘lgan, sof og‘irligi 271 gr.ni tashkil qiluvchi, 249 mln. 240 ming so‘mlik zanjir va nostandart quyma tillalarni noqonuniy olib chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

 

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar oltindan yasalgan buyumlarni Qirg‘iz Respublikasi orqali Turkiya davlatiga olib ketishni rejalashtirishgan.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Andijonda salkam 1,5 kg oltin chegarada ushlab qolindi | Zamon.uz