Lifestyle

Janubiy Koreyada tug‘ilish vazirligi tuzilmoqda

Mamlakat rahbari tug‘ilish darajasini milliy inqiroz deb atadi.

Janubiy Koreyada tug‘ilish vazirligi tuzilmoqda

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol tug‘ilish darajasini milliy inqiroz deb atadi va ushbu muammoga bag‘ishlangan vazirlik yaratish rejasini eʼlon qildi.

 

"Milliy favqulodda holat deb atash mumkin bo‘lgan past tug‘ilish darajasini yengish uchun biz davlat imkoniyatlarini to‘liq safarbar qilamiz", dedi u.

 

Dastlabki rejalarga ko‘ra, bo‘lim tug‘ilishning past darajasi siyosatini rejalashtirish vazirligi deb nomlanadi. Uning rahbari, shuningdek, Bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini ham egallaydi.

Janubiy Koreyada tug‘ilish vazirligi tuzilmoqda | Zamon.uz