Salomatlik

Qanday odatlar saratonni keltirib chiqaradi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qanday odatlar saratonni keltirib chiqaradi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotiga ko‘ra, saraton dunyodagi o‘lim holatlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib, 2020 yilda undan deyarli 10 million nafar inson olamdan o‘tgan, bu har olti o‘limdan bittasi degani. Ho‘sh, ushbu kasallikning kelib chiqishiga nima sabab bo‘ladi va ularning oldini olish mumkinmi?

 

Kasallik sabablardan biri — saraton keltirib chiqaruvchi kanserogen moddalar. Isteʼmol qiladigan ovqat va ichimliklar tarkibida, nafas oladigan havoda yoki tamaki tutunida ko‘plab zaharli kanserogen moddalar mavjud. Shu sababli, tabiiy, sog‘lom ovqatlanish, zararli odatlar, yaʼni tamaki, nos va chilim chekishdan voz kechish, atrof muhitni, havoni ozoda saqlash — onkologik kasalliklar bilan kasallanish ehtimolini bir necha 10 barobarga kamaytiradi.

 

Keyingi sabab — inson tanasidagi o‘sma oldi kasalliklari va turli surunkali xastaliklardir. Agar biz o‘z vaqtida profilaktik ko‘riklardan o‘tib tursak, va aniqlangan o‘sma oldi kasalliklari hamda surunkali xastaliklarni samarali davolab, ularni bartaraf qilsak, albatta, keyinchalik saraton bilan kasallanish ehtimolining oldini olgan bo‘lamiz.

 

Shuningdek, turli virusli va bakterial kasalliklar ham baʼzi saraton turlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, gepatit V va S viruslari jigar saratoniga, Epshteyn-Barr virusi limfomalarga, Xelikobakter pilori bakteriyasi meʼda saratoniga, Odam papillomasi virusi bachadon bo‘yni saratoniga sababchi bo‘ladi. Shu sababli, ushbu infeksion kasalliklarga qarshi kurash, shu jumladan, ularga qarshi emlanish, bu saraton turlarini karrasiga kamayishiga olib keladi.

 

Stress ham turli onkologik kasalliklarga olib keluvchi sabablardan biri bo‘lib, to‘g‘ri turmush tarzini kechirish, yaxshi hordiq chiqarish, hayot ritmini tartibga solish orqali onkologik kasalliklarga chalinishning oldini olish mumkin.

 

Kam harakatlilik va semirish ham ko‘pchilik onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini kechirish, sog‘lom ovqatlanish, badantarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish saraton kasalligi profilaktikasi hisoblanadi.

 

Bundan tashqari, sog‘lom ovqatlanishga eʼtibor berish turli oshqozon-ichak onkologik kasalliklari, endokrin aʼzolar o‘smalarining oldini oladi. Juda achchiq, sho‘r, o‘ta shirin va turli kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan taomlar isteʼmolini cheklash, meʼyorga rioya qilish tavsiya etiladi.

 

Umuman olganda, sog‘lom ovqatlanish, atmosfera havosi tozaligiga eʼtibor berish, sog‘lom turmush tarzini kechirish, zararli odatlardan voz kechish, jismoniy faollik, yuqori tibbiy madaniyat, ruhiy xotirjamlik kabi fazilatlarga boy hayot kechirish insonni onkologik kasalliklar bilan og‘rish ehtimolini bir necha 10 barobarga kamaytiradi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Qanday odatlar saratonni keltirib chiqaradi? | Zamon.uz