Rossiyalik yigit 650 tonnalik poyezdni harakatlantirib, rekord qo‘ydi
Bu harakatni u 37 soniyada bajara olgan.

Rossiyalik ekstremal sportchi Denis Vovk og‘irligi 650 tonna bo‘lgan poyezdni harakatlantirib, jahon rekordini yangiladi.
Rekord Sankt-Peterburgda Metallostroy deposida o‘rnatildi. Buning uchun kabeldan foydalanilgan, uning bir uchi poyezd lokomotiviga, ikkinchisi esa sportchining tanasiga biriktirilgan kamarlarga bog‘langan. Bundan tashqari, Vovk treklarga o‘rnatilgan maxsus narvondan foydalangan.
Shu tariqa sportchi poyezdni 37 soniyada 1,48 metrga siljitgan.







