Rossiyada avtobus odamlari bilan daryoga quladi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Sankt-Peterburg shahrida ichida 20 nafar odam bo‘lgan avtobus Moyka daryosiga tushib ketdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, daryo sohilida harakatlangan avtobus ikkita mashina bilan to‘qnashgan, shundan so‘ng to‘siqni buzib o‘tgan va suvga qulagan.
Dastlabki maʼlumotlarda 6 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qutqaruv amaliyotiga FVVning 69 nafar xodimi jalb etilgan. Ular olib chiqqan sakkiz kishidan tashqari o‘nga yaqin kishi avtobusni mustaqil ravishda tark etgan.







