Toshkentda Damas ag‘darilib ketdi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Damas yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda shahar YHXB maʼlum qildi.
Hodisa 29-aprel 11.30 larda Yashnobod tumani KXAY ko‘chasida yuz bergan. 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi yo‘lning qarama qarshi qismiga chiqib ketib ag‘darilgan.
YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda yo‘l transport hodisasi rasmiylashtirilgan.







