Qibrayda 700 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Hozirda holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “mayning ferma” fosh etildi.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirida Qibray tumani, Taraqqiy MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







