Toshkentda soxta “prava” sotgan jinoiy guruh ushlandi
Hozirda guruhning 6 nafar aʼzosi qo‘lga tushgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2 buxorolik yigit Toshkentda vaqtincha ro‘yxatda turib soxta haydovchilik guvohnomasi sotish rejasini tuzishgan.
Firibgarlar har bitta kategoriya bo‘yicha turli narxlar belgilashgan. Masalan, A,B,C kategoriya uchun 3,5 mln so‘m, D, E uchun 4 mln so‘m, ham D ham E uchun esa 5,5 mln so‘m to‘lanishi kerak bo‘lgan.
Tezkor surishtiruvlar natijasida, jinoiy guruhning barcha 6 nafar aʼzosi ushlangan.







