Samarqandda ko‘p qavatli uy yonib ketdi
Hodisa joyiga 3 ta ekipaj yuborilgan.

Bugun, 12 may kuni soat 19:09 da Samarqand shahar ʼʼNurli yo‘lʼʼ MFY Islohat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVB xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta yong‘in o‘chirish avtonarvoni soat 19:13 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:40 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.







