Bu yil 10 ta xalqaro avtobus yo‘nalishi ochiladi
Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Joriy yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
2024 yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023 yil mos davriga nisbatan 15 foiz oshgan.
2024 yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.
Bular: Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shahrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.







