O'zbekiston

Xorazmlik erkak xotinini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi

Ular salkam 50 yildan beri birga yashab kelayotgan bo‘lgan.

Xorazmlik erkak xotinini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi

Sud hujjatlariga ko‘ra, hodisa 2023 yil 16 dekabr kuni sodir bo‘lgan. 71 yoshli sudlanuvchi erkak A.X. o‘sha kuni yarim tunda uyg‘onib, 72 yoshli ayoliga qon bosimi ko‘tarilgani sabab o‘zini yomon his qila boshlaganidan shikoyat qilgan.

 

Xotini unga aytgan dorilarini topib berib, tibbiy yordam ko‘rsatganida, hech bir sababsiz sudlanuvchi ayoliga sehr-jodu qilib kelayotganligini, shuning uchun kechalari uxlayolmasligini aytib, u bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida erkak yotoqxonasida isitish pechi yonida turgan bolta bilan 49 yildan beri yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘ining bosh qismiga 17 marotaba va chap qo‘l uchinchi barmog‘iga bir marotaba urgan. Oqibatda, ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Qotillikdan so‘ng ayblanuvchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari kelib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishgan.

 

Sud erkakni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xorazmlik erkak xotinini bolta bilan o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz