Cho‘lda tuyalar uchun svetofor o‘rnatildi
U hayvonlar va chavandozlar harakatini tartibga soladi.

Xitoyning Gansu provinsiyasidagi cho‘lda tuyalar harakatini tartibga soluvchi svetoforlar o‘rnatildi.
Gap shundaki, har yili may oyining boshlarida mahalliy cho‘lda bo‘lib o‘tadigan festivalga minglab odamlar kelib, tuya minishadi. Shu bois mahalliy hokimiyat hayvonlar va chavandozlar harakatini tartibga solish va tirbandliklarning oldini olish uchun shunday qaror qabul qilgan.
Sayyohlar bu yondashuvni yuqori baholab, avval hech qayerda bunday narsani ko‘rmaganliklarini aytishgan.
2023 yilda Gansu provinsiyasida bayramga 2,4 ming hayvon olib kelingan. Ularning ko‘pchiligi qadimgi Ipak yo‘li bo‘ylab yurishgan.







