Farg‘onada qalbaki “prava” yasovchilar ushlandi
Hozirda ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar ushlandi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, evaziga 200 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning nomiga “B.” toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







