Samarqandda bola o‘g‘rilari paydo bo‘ldimi?
Tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyati hududida bola o‘g‘rilari aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Taʼkidlanishida, ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq. Videodagi holat 2024 yil 13 may kuni soat 21:00 lar atrofida Jomboy tumani Qo‘lbosti mahallasida sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaro S.A. ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishgan ayolning Jomboy tumani Qo‘lbosti mahallasidagi yashash uyiga kelgan vaqtida ayolning yaqinlari uni ushlab olib, urib tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.







