O'zbekiston

Surxondaryoda ayiq odamlarga hujum qildi

Yirtqich IIB xodimlaridan biriga jarohat yetkazgan.

Surxondaryoda ayiq odamlarga hujum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida aholi turar joyiga ayiq kelib qolganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya vazirligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga kirib, insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, 74-sonli maktab hududiga kirgan.

 

Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora ko‘rish talab qilingan va yirtqich otib o‘ldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimi esa tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"