O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi
Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistondagi yirik korxonalar tomonidan 25,5 trln so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 11 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan — 14,9 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (4,1 trln so‘m), Xorazm viloyati (1,9 trln so‘m), Samarqand viloyati (1,6 trln so‘m) va Namangan viloyati (1,4 trln so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyatida 414,2 mlrd so‘mlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 378,9 mlrd so‘mlik, Qashqadaryo viloyatida 177,8 mlrd so‘mlik ichimliklar ishlab chiqarilgan.
Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish hajmi 162,8 mlrd so‘mni, Sirdaryoda 154,9 mlrd so‘mni, Surxondaryoda 127,8 mlrd so‘mni, Andijonda 114,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Eng kam ko‘rsatkichlar Jizzax (75,2 mlrd so‘m) va Navoiy (21,1 mlrd so‘m) viloyatlarida qayd etilgan.








