O'zbekiston

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

Ular zararli APK fayllari va fishing havolalari orqali fuqarolarning shaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.

“Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik: Toshkentda ikki kiberjinoyatchi ushlandi

 

Toshkent shahrida zararli APK fayllari va fishing havolalarini yaratish, shuningdek, qonunga xilof ravishda kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanishda gumonlangan ikki shaxs aniqlandi. Bu haqda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ma’lum bo‘ldi.

 

Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlangan birinchi shaxsning xonadonidagi kompyuter va telefon qurilmalari tekshirilgan. Natijada u Telegram foydalanuvchilariga zararli APK fayllari hamda fishing havolalarini yuborib kelgani ma’lum bo‘lgan.

 

Ushbu fayllar orqali fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, telefon raqamlari va bank kartalariga oid ma’lumotlar qo‘lga kiritilgan. Shuningdek, gumonlanuvchi “Omad shou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning Telegram akkauntlarini egallashga qaratilgan soxta havolalarni tarqatgan.

 

Tekshiruvda uning jami 2 795,13 USDT, ya’ni qariyb 33,4 million so‘mlik kriptoaktivlarni qabul qilib, keyinchalik boshqa bank kartalariga o‘tkazgani aniqlangan.

 

Yana bir fuqaroning iPhone 15 Pro Max rusumli telefoni tekshirilganda, u ham yashirin internet saytlari orqali zararli APK fayllarini yaratish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan. Elektron ma’lumotlar tahlilida jami 12 ta tranzaksiya qayd etilgan. Ularning umumiy aylanmasi 4 202 USDT yoki qariyb 50,2 million so‘mni tashkil etgan.

 

Barcha qurilmalar va elektron ma’lumotlar xolislar ishtirokida belgilangan protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilarning harakatlaridan O‘zbekiston hududida minglab fuqarolar jabrlangan bo‘lishi mumkin.

 

Mazkur holat yuzasidan har ikki shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

“Kamera orqali uch kunda topildim”: soxta avtoraqam taqqan haydovchilar ushlandi

Ayrim fuqarolar soxta avtoraqamlarni xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali buyurtma qilgani, boshqalari esa tanishlaridan sotib olganini bildirgan.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.