O'zbekiston

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida noqonuniy onlayn qimor o‘yinlari bilan bog‘liq pul operatsiyalari va internet firibgarligida gumonlanayotgan ikki guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Tezkor tadbirlar davomida 72 nafar shaxs ushlandi, 110 ming dollar naqd pul va turli texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Shuningdek, 576 ming dollarlik kripto-aktivlar aylanmasi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Birinchi tezkor tadbir Mirobod tumanidagi Farg‘ona 1-tor ko‘chasida o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, bir guruh shaxslar oyiga 9 ming dollar evaziga ijaraga olingan xonadonda yashirin faoliyat yuritgan. U yerda 52 kishi ushlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular Osiyo davlatlarida ommalashgan noqonuniy onlayn qimor va bukmekerlik o‘yinlari uchun pul mablag‘larini qabul qilib, bank kartalariga o‘tkazish orqali noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan. Xonadondan 110 ming dollar naqd pul, 71 ta noutbuk, 278 ta telefon va uchta Starlink sun’iy yo‘ldosh internet qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Tezkor tadbirlar davomida Katta Mirobod ko‘chasidagi yana bir yashirin koll-markaz ham aniqlangan. Oyiga 2 ming dollar evaziga ijaraga olingan ushbu binoda faoliyat yuritgan 20 kishi ushlangan.

 

IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur guruh a’zolari internet orqali soxta ish takliflarini tarqatib, firibgarlik bilan shug‘ullanganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘zlarini ayol kishi sifatida tanishtirib, foydalanuvchilarning ishonchiga kirgan va aldov yo‘li bilan pullarini qo‘lga kiritgan. Ushbu manzildan 24 ta noutbuk, bitta planshet, 52 ta telefon va to‘rtta Wi-Fi qurilmasi olib qo‘yilgan.

 

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida har ikki guruhda vazifalar o‘zaro taqsimlangani, ular tarkibida rahbarlar, ish boshqaruvchilar, operatorlar va qo‘riqchilar bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, guruhlar faoliyati bilan bog‘liq 576 ming dollar miqdoridagi kripto-aktivlar aylanmasi qayd etilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 2-qismi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Jizzaxda soliq qarzi sabab ikkita BYD xatlandi

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, mashinalar auksionda sotiladi.

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Porshen va avtomobil ehtiyot qismlari orasidagi narkotiklar: ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda narkotik moddalarni avtomobil ehtiyot qismlariga yashirib olib kirish va qabul qilib olish bilan bog‘liq holat fosh etildi.

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Dorilarni retseptsiz olish tartibi o‘zgardi: yangi mezonlar belgilandi

Endi ikki yoki undan ortiq faol moddali dorilar ham retseptsiz sotiladigan toifaga kiritililadi.