Metropoliten xodimi pora bilan ushlandi
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Maʼlumotlarga ko‘ra, “Toshkent metropoliteni” DUK “Harakat” xizmati xodimi X. N. fuqaro D. M. ning ishonchiga kirib, uni 2 mln so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan va undan 1 mln so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasining 3-qismi B-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.







