Original “Loroben” dorisini qalbakisidan qanday farqlash mumkin?
Kompaniya uning alohida belgilarini maʼlum qildi.

Avvalroq “Loroben” dori vositasining qalbaki nusxasini ishlab chiqargan huquqbuzar javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu brend ishlab chiqaruvchilari original dorini kontrafakt mahsulotdan farqlash bo‘yicha bir nechta tavsiyalar eʼlon qildi.
Original mahsulotning alohida belgilari:
1. Original qadoqda kompaniyaning “Asfarma” logotipi mavjud;
2. Original qadoq markirovkalangan, yaʼni QR-kodi mavjud;
3. Original qadoqdagi mahsulotning haqiqiy nomi - LOROBEN;
4. Original qadoqning tashqi ko‘rinishi suratda ko‘rsatilgan.
Agar yuqoridagi alohida belgilar mavjud bo‘lsa, mahsulot brend hisoblanadi.







