Malayziya Bosh vaziri Oʻzbekistonga keldi
Mehmonni Abdulla Aripov kutib olgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Bugun, 17-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.







