Siyosat

Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim 17-19-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Tashrifning birinchi kunida Toshkent shahrida oliy darajadagi tadbirlar va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

 

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

 

Malayziya Hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Malayziya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi | Zamon.uz