Salomatlik

Inson hayotini saqlab qolayotgan muhim kashfiyotlar

Ixtirolar orasida shundaylari borki, ular necha yillar davomida millionlab bemorlar hayotini saqlab qolishga hizmat qilmoqda.

Inson hayotini saqlab qolayotgan muhim kashfiyotlar

Tibbiyot muntazam izlanishlar olib boriladigan soha bo‘lib, dunyo olimlari inson salomatligini asrash yo‘lida tinimsiz tadqiqotlar o‘tkazadi. Ixtirolar orasida shundaylari borki, ular necha yillar davomida millionlab bemorlar hayotini saqlab qolishga hizmat qilmoqda. Quyida ularning beshtasi haqida maʼlumot berib o‘tamiz.

 

Rentgen. Bugun zamonaviy shifoxonani rentgensiz tasavvur qilish qiyin. Germaniyaning Vyursburg universiteti fizigi Vilgelm Konrad Rentgen 1895 yilda uni tasodifiy tarzda kashf qilgan. U katod trubkasidagi yorug‘likni o‘rganayotganda, to‘satdan qurilmani yoqib-o‘chirish vaqtida yaqin atrofda turgan, bariy platinotsianid kristallari bilan qoplangan kartonda porlash paydo bo‘layotgani va yo‘qolayotganini ko‘rdi. Bunda katod trubkasi qora qalin qog‘oz bilan o‘ralgan edi. Olim katod trubkasini yoqib o‘chirganida u sezgir bariy platinosianid kristallarini porlashiga olib keladigan, hamma joyga kirib boruvchi nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga keldi.

 

Nur terapiyasi. Saratonga qarshi kurashdagi birinchi samarali usul nur terapiyasidir. 1895 yilda X-nurlari kashf etilgandan so‘ng deyarli darhol olimlar nurlanish taʼsir qiladigan tananing aʼzolarida kuyishlar paydo bo‘lishini payqashdi. Bu esa rentgen nurlanishi bilan saraton hujayralarini yo‘q qilish g‘oyasini keltirib chiqardi. Birinchi rentgen terapiyasi seansi 1896 yilda Chikagoda ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan ayolda o‘tkazildi. O‘pka saratonida bu turdagi nur terapiyasi hali ham qo‘llaniladi va 10-15% hollarda to‘liq davolanishga olib keladi.

 

Sunʼiy yurak klapani. Ushbu ixtironing hayotga tatbiq etilishi kardiologiyaning rivoji va inson tanasi tomonidan rad etilmaydigan sintetik to‘qimalar hamda polimer materiallarni yaratish texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan mumkin bo‘ldi. U tufayli millionlab odamlarning hayoti saqlanib qoldi. Inson yuragi to‘rt kameradan iborat bo‘lib, 4 ta klapandan bittasining faoliyati buzilishi ham butun yurak ishining buzilishiga olib keladi. 1957 yilda birinchi sunʼiy ishlaydigan klapan taqdim etilgan. Hozirda yasalgan materialining turiga karab, klapanlarning bir necha turlari mavjud.

 

Defibrillyator. Elektr razryadi bilan yurak mushaklarining majburiy ishga tushirilishi natijasida ko‘plab insonlarning hayoti saqlab qolingan. Ushbu qurilma “defibrillyator” deb ataladi — turli qismlar mushaklarining qisqarishi g‘ayritabiiy aritmik tarzda sodir bo‘lgandagi yurak fibrilatsiyasiga teskari ravishda shunday nomlangan. Kuchli fibrillyatsiyada yurak to‘xtaydi.

 

Bu hodisa birinchi marta 1899 yilda Jan-Lui Prevo va Frederik Batelli tomonidan o‘rganilgan. 1930 yillarda turli mamlakatlarda hayvonlarda elektroshok defibrillyatsiyasini amalga oshirish imkoni o‘rganilgan. 1956 yilga kelib, Pol Zoll insondagi ochiq yurak operatsiyasi vaqtida 110 voltli o‘zgaruvchan tok bosimi yordamida birinchi muvaffaqiyatli defibrillyatsiyani amalga oshirgan. 1960 yildan boshlab deyarli bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatlarda avtonom defibrillyatorlar yaratilgan.

 

Stent. Kardiojarrohlar tomirning zararlangan joyini almashtirish g‘oyasini uzoq muhokama qilishgan, ammo qiyinchilik stent materiallarini va uni o‘rnatish texnologiyasini to‘g‘ri tanlashda edi. Nihoyat, 1986 yilda Jak Puel va Ulrix Zigvart Fransiyada birinchi marta bemorga stent o‘rnatdilar. Birinchi stentlar sof metalldan yasalgan naychaga o‘xshardi. Hozir esa ular halqalar va boshqa ko‘rinishdagi to‘rsimon shaklda bo‘lishi mumkin. Ularni ishlab chiqarish uchun turli xil materiallar qo‘llaniladi.

 

Tromblar vujudga kelish xavfini kamaytirish uchun o‘zidan dori chiqaradigan stentlar ham mavjud. Stentning ixtirosi va implantatsiyasi millionlab odamlarning hayotini saqlab qoldi. Shuni aytish kifoyaki, shu paytgacha yurak ishemik kasalligining o‘z vaqtida tashxis qilinmagani tufayli dunyoda har yili 7 millionga yaqin odam vafot etadi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Inson hayotini saqlab qolayotgan muhim kashfiyotlar | Zamon.uz