Salomatlik

Go‘dakka 1-qo‘shimcha ovqat qanday tayyorlanadi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Go‘dakka 1-qo‘shimcha ovqat qanday tayyorlanadi?

Olti oydan so‘ng go‘dakning energiya va ozuqa moddalariga bo‘lgan ehtiyoji ona suti bilan taʼminlanuvchi moddalardan orta boshlaydi. Natijada unga qo‘shimcha ovqat berish zarurati tug‘iladi.

 

Agar kichkintoyga bu yoshda ona sutiga qo‘shimcha ravishda biror taom berilmasa yoki noto‘g‘ri tartibda berilsa, uning rivojlanishiga salbiy taʼsir etishi mumkin.

 

Quyida bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga qo‘shimcha taom tayyorlash talablari va ovqatlantirish gigiyenasiga oid muhim maʼlumotlari bilan tanishasiz.

 

Bir yoshgacha bo‘lgan farzandingiz uchun qo‘shimcha yegulik hozirlayotganda uning qaynatilgan va bug‘da pishirilgan bo‘lishi, tuzsiz va shakarsiz tayyorlanishi, qirg‘ichdan o‘tkazilishi (ezilishi), eng muhimi, yangi mahsulotlar tanlanishiga alohida eʼtibor bering.

 

Shuningdek:

  • bolani ovqatlantirishda uning qo‘llari tozaligi;
  • taom pishiriladigan qozon va idish tovoqlarning alohida bo‘lishi;
  • kichkintoy ovqatlanadigan likopcha alohida yuvilib, quritilishi;
  • yuvilgan idishlarning usti yopiq bo‘lishini nazorat qilishingiz kerak.

 

Qo‘shimcha ovqatni boshlashdan oldin pediatr bilan maslahatlashing. Mutaxassis sizga uni nimadan boshlashingizni, qancha miqdorda va go‘dakka necha marta berishingizni aniqlab beradi.

 

Qo‘shimcha ozuqalar kunlik taomnomaga kiritilgan paytda ko‘krak suti asosiy ovqat bo‘lib qoladi. Bolaning tishi chiqayotgan payti, profilaktik emlashlar o‘tkazgan kunlari, kunning issiq paytida bunday ovqatlarni go‘dakka berishni boshlash maqsadga muvofiq emas.

 

Qolaversa:

 

  • yangi qo‘shimcha ovqat berish oralig‘i o‘rtacha 10-12 kun bo‘lishi lozim;
  • har doim taomlantirish chog‘ida uning haroratiga eʼtibor bering;
  • go‘dakka beriladigan yegulik imkon boricha bir marta isteʼmol uchun mo‘ljallanishi zarur;
  • bir kun avval tayyorlangan ovqatni isitib berish mumkin emas;
  • ertalab beriladigan taom kechqurun pishirilmaydi;
  • qo‘shimcha taomni kunning birinchi yarmida bergan maqsadga muvofiq.
Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Go‘dakka 1-qo‘shimcha ovqat qanday tayyorlanadi? | Zamon.uz