Lifestyle

Portugaliya osmonidan kosmik jism uchib o‘tdi

U osmonni yorishtirib yuborgan.

Portugaliya osmonidan kosmik jism uchib o‘tdi

Kuni kecha Portugaliya osmonidan ko‘k rangdagi meteorit uchib o‘tdi. U shu darajada yaqin uchganki, atrofni yoritib yuborgan va odamlar uni bemalol ko‘ra olishgan.

 

Kosmik jism yer yuzasiga yetib kelganmi yoki atmosferada yonib ketganmi — hozircha nomaʼlum. Favqulodda xizmatlar uning qayerga qulagani haqida ko‘plab xabarlar olgan. Bundan tashqari, eʼlon qilingan nuqtalar orasidagi masofa 300 kilometrdan oshadi. Ammo haqiqiy dalil yo‘q.

 

Meteoritni ko‘pchilik ilmiy-fantastik filmlardagi sahnalar bilan, xususan, transformator kinosidagi holatga qiyoslagan.

Portugaliya osmonidan kosmik jism uchib o‘tdi | Zamon.uz