Samarqandda maktab o‘quvchisi “samosud” qilindi
Uning qoshi kuydirilib, sochi olingani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi maktab o‘quvchisi 30 yoshli erkak tomonidan “samosud” qilingani aytilgan video tarqaldi.
Unda aytilishicha, bola o‘z sinfida o‘qiydigan qiz bilan hazillashgani uchun qizning akasi kelib maktabdan olib chiqib sochini olgan, qoshini kuydirib «samosud» qilgan.
Viloyat IIB matbuot xizmati holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini maʼlum qildi.







