Toshkentda 6 ta tumanida suv o‘chiriladi
Bu profilaktika ishlari bilan bog‘liq.

Toshkent shahrining 6 ta tumanida 2 kun suv taʼminoti to‘xtatiladi.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Sergeli, Mirobod, Yangixayot va Yakkasaroy tumanlari 20 may soat 09.00 dan 21 may soat 21.00 gacha suv qisman o‘chiriladi.
Suv taʼminotini to‘xtatish rejalashtirilgan profilaktika ishlari bilan bog‘liq.







