O'zbekiston

“Muruvvat” uyi xodimlari bemorni mazax qildi

Holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB surishtiruv olib bormoqda.

“Muruvvat” uyi xodimlari bemorni mazax qildi

2024 yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi nogironligi bor shaxslar yashaydigan “Muruvvat” uyida ishlovchi bir guruh xodimlar shu yerda yashab davolanayotgan ruhiy nosog‘lom ayolning ustidan mazax qilgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga borib o‘rganildi.

 

Aniqlanishicha, ayolni mazax qilgan xodimalar ushbu muassasaga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektida ishlagan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Ya.S.ni shifokor, hamshira hamda kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Holatni videoga olib, uni oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram gruppasiga tashlashgan. 

 

“S.Ya.da aqli zaiflikning og‘ir darajasi sababli xulq-atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi. Yaʼni doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab uyimga jo‘nating yoki chaqirib bering deb yig‘lash holatlari yuzaga keladi”, — deyiladi Ombudsman xabarida.

 

2024 yil 17 may kuni Sirdaryo “Muruvvat” uyi rahbari Sirdaryo tumani IIBga murojaat qilib, X.M. va Sh.O.larning xatti-harakatiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bemorning ustidan kulgan xodimalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod qilingan.

 

Tekshiruv davomida S.Ya. va uning shifokori bilan suhbatlashgan Ombudsman mintaqaviy vakili bemor ayolning kayfiyati va ruhiy holati yaxshi ekanini maʼlum qilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Muruvvat” uyi xodimlari bemorni mazax qildi | Zamon.uz