Lifestyle

Yangi Zelandiyada qush pati auksionda sotildi

U oltindan qimmat narxga sotilgani aytilmoqda.

Yangi Zelandiyada qush pati auksionda sotildi

Yangi Zelandiyadagi noyob qush patlari auksionda rekord darajadagi narx — 28 365 dollarga sotildi. Ular Huia deb nomlangan yo‘qolgan turga tegishli edi.

 

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kimoshdi savdosida sotilgan dunyodagi eng qimmat pat hisoblanadi. Lotning narxi dastlabki hisob-kitoblardan 2-3 ming dollardan oshib ketgan.

 

Patlar taxminan 9 grammni tashkil qiladi. Taʼkidlanishicha, u oltindan ancha qimmatroq — bir grammning narxi 5169 dollar.

 

Huia Yangi Zelandiyadagi eng katta suv qushlari turi bo‘lib, uning qora yaltiroq patlari bor edi. Qush yovvoyi tabiatda oxirgi marta 1907 yilda ko‘rinish bergan va 1920 yillarda yo‘q bo‘lib ketgan.

Yangi Zelandiyada qush pati auksionda sotildi | Zamon.uz