O'zbekiston

Samarqandda mast haydovchi 8 yoshli qizni urib yubordi

Hodisa o‘quvchi maktabdan qaytayotganida sodir bo‘lgan.

Samarqandda mast haydovchi 8 yoshli qizni urib yubordi

 

Samarqand viloyati Narpay tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilib, transport vositasini boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ko‘ngilsiz hodisa o‘quvchi qiz maktabdan qaytayotganida sodir bo‘lgan. Oqibatda qizning qo‘li singan va u operatsiya qilingan.

 

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u jabrlanuvchi qizga yordam ko‘rsatgan, shifoxonaga olib borgan. Ikkinchi marta ichmayman, mashina ham haydamayman, — deydi erkak.

 

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan erkak bundan bir yil oldin ham spirtli ichimlik iste’mol qilib transport vositasini boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.

 

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"