Dunyodagi eng keksa styuardessa vafot etdi
U ko‘krak bezi saratoni bilan olamdan o‘tdi.

Taxminan 67 yil davomida osmonda parvoz qilgan dunyodagi eng keksa styuardessa Bette Nesh 88 yoshida vafot etdi.
Maʼlumot uchun, AQSHning Virjiniya shtatida yashagan Betti Nesh dunyodagi eng uzoq vaqt xizmat qilgan styuardessa sifatida 2022 yili Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
U hech qachon styuardessa lavozimidan rasman nafaqaga chiqmagan.







