Olmaliqda Damas kanalga tushib ketdi
Maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi mast holda bo‘lgan.

Holat bugun, 26-may kuni soat 12:00 larda sodir bo‘lgan. 1990-yilda tug‘ilgan haydovchi M.S. Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va ushbu ko‘chadagi “Tanachi-Bo‘ka” kanaliga tushib ketgan.
YTH oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtoulovni boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







