Siyosat

Atom energetikasi, migratsiya, xavfsizlik: Mirziyoyev va Putin qator masalalarni muhokama qildi

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

Atom energetikasi, migratsiya, xavfsizlik: Mirziyoyev va Putin qator masalalarni muhokama qildi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Rossiya prezidenti qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashriflaridan birini aynan O‘zbekistonga amalga oshirayotganini alohida taʼkidladi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston — Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tashrifga tayyorgarlik doirasida parlament aʼzolarining uchrashuvlari, siyosiy maslahatlashuvlar, Innoprom ko‘rgazmasi, ikki mamlakat yetakchi muhandislik-texnik oliy o‘quv yurtlari rektorlari va nufuzli tibbiyot muassasalari rahbarlarining anjumanlari samarali o‘tgani, Toshkentda Rus sanʼati haftaligi tadbirlari davom etayotgani taʼkidlandi.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning o‘sib borayotgan surʼati mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash va Rossiyadan investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, sanoat kooperatsiyasi rivojlanmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etdi.

 

Yetakchi korxonalarning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishildi. Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. 

 

Shuningdek, yetakchilar energetika, shu jumladan, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

 

Ko‘p qirrali madaniy-gumanitar almashinuv rivojlanayotganiga yuqori baho berildi. Tashrif davomida Madaniy hamkorlik dasturi qabul qilinadi.

 

Taʼlim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Atom energetikasi, migratsiya, xavfsizlik: Mirziyoyev va Putin qator masalalarni muhokama qildi | Zamon.uz