Bo‘stonliqda Gentra butunlay yonib ketdi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 62-kilometrida Gentra yonib ketgan.
2002 yilda tug‘ilgan A.K boshqaruvidagi Gentra rusumli transport vositasida qisqa tutashuv sababli yong‘in kelib chiqqan. Ushbu holatda haydovchi va ikki nafar yo‘lovchilar avtomobildan tushishga ulgurgan.
Hodisa oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan.







