Nargiz Zokirova to‘rtinchi bor oila qurdi
Nikoh marosimi Amerikada bo‘lib o‘tgan.

53 yoshli asli o‘zbekistonlik bo‘lgan xonanda Nargiz Zokirova yana turmushga chiqdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, u o‘zining musiqiy jamoasidagi texnik xodim Anton Lovyagin bilan oila qurgan. Anton xonandadan 11 yosh kichik.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shiqchi shu paytgacha uch marta turmushga chiqqan. Uning uch nafar farzandi va ikki nabirasi bor.







