Qarzdor ota Orol dengizidan topildi
Qarzdor aliment pullarini to‘lashdan qochib yurganligi sababli unga nisbatan Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan 2023 yil 2 avgustkuni qidiruv eʼlon qilingan.

Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor T.F.dan voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga aliment undirish belgilangan.
Qarzdor T.F.ning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi hozirda 18,2 mln. so‘mni tashkil etgan.
Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv shuʼbasi xodimlari tomonidan olib borilgan maʼlumotlarni to‘plash tadbirlari davomida qarzdor T.F Muynoq tumani, Orol dengizi bo‘yi hududlarida ishlab yurganligi aniqlangan.
Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan birgalikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida qidiruvda bo‘lgan qarzdor T.F. Orol dengizi bo‘yida artemiya sistasini yig‘ish bilan shug‘ullanib yurganida topilgan.
Shu munosabat bilan, qarzdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tuman sudiga yuborilgan va ushbu sud tomonidan qarzdor T.F.ga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.







