Samarqandlik ayol rashk sabab o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Holat bo‘yicha viloyat IIB maʼlumot berdi.

Bugun, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Siyob kanali ko‘prigida 1998 yilda tug‘ilgan ayol, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.
Hodisaga rashk sabab bo‘lgan. IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







