O'zbekiston

Vladimir Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi

Tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldi.

Vladimir Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi

O‘zbekiston-Rossiya sammiti doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

 

Ko‘p millatli xalqlarimiz ko‘p asrlik umumiy tariximiz va uning yorqin sahifalari, jumladan, Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabani alohida hurmat-eʼtibor bilan yod etadilar.

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida “Inson qadri uchun” tamoyili islohotlar dasturining mutlaq ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Xususan, o‘zbekistonliklarning urush janggohlarida ko‘rsatgan qahramonligi va front ortidagi fidokorona mehnatini abadiylashtirish uchun davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020 yil 9 mayda “G‘alaba bog‘i” ochildi.

 

Keng majmua bir nechta hududga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida mavzuga bag‘ishlangan – urush dahshatlari va askarlar qahramonligi, front ortidagi ishchilar matonati va fidoyiligi, qayg‘u va dard, shodlik va shukronalik.

 

Bu yerga tashrif davomida O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari halok bo‘lgan askarlarning xotirasini yodga oldilar va urush dastidan besh nafar o‘g‘lidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova xotirasiga o‘rnatilgan “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydilar.

 

Majmuaning eng yuqori nuqtasi – sunʼiy tepalik cho‘qqisida “Abadiy jasorat” kompozitsiyasi – Sovet Ittifoqi Qahramoni general-mayor Sobir Rahimov va Ikkinchi jahon urushida qatnashgan barcha o‘zbekistonlik askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik o‘rnatilgan.

 

Tepalik ichida bog‘ning asosiy pavilyoni – O‘zbekistonning urushdagi ishtiroki tarixiga bag‘ishlangan Shon-sharaf muzeyi joylashgan.

 

Yetakchilar muzeyning boy ekspozitsiyasi bilan tanishib, shonli o‘tmishimiz haqidagi xotirani asrab-avaylash muhimligini taʼkidladilar. Tarixiy merosni eʼzozlash yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash va xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi.

 

G‘alaba bog‘ining mahobati va salobati Rossiya delegatsiyasi aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Vladimir Putin “G‘alaba bog‘i”ga bordi | Zamon.uz