Amerikalik yigit 120 metr balandlikdan yiqilib, omon qoldi
U Vashingtondagi xavfli ko‘prikdan o‘tayotgan bo‘lgan.

Voqea 25-may kuni sodir bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasi ikki soat davom etgan, shundan so‘ng 19 yoshli yigit kasalxonaga yotqizilgan. Bemorning ikkala qo‘li jarohatlangan.
High Steel Bridge - Qo‘shma Shtatlardagi eng baland temir yo‘l ko‘priklaridan biri. Har yili yettitagacha odam undan qulab tushib, halok bo‘ladi. Ko‘prik tik, sirpanchiq va xavfli bo‘lgani uchun uning atrofiga ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan.







