Cherchillning cho‘ntak soati auksionda sotildi
U 18 karatli oltindan yasalgan.

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillga tegishli cho‘ntak soati kimoshdi savdosida sotildi. U 76 ming funt sterlingga baholandi.
Soat 18 karatli oltindan yasalgan. Unda Uinston Cherchillning imzosi ham bor. Soatning ichki korpusida “1905-yil Rojdestvo bayrami uchun Uinstonga minnatdorchilik bilan” degan yozuvni ham ko‘rish mumkin.
Bu soat Uinston Cherchillning 1904-yilda Liberal partiyaga o‘tganida “jasur harakati” uchun sovg‘a qilingan. U Buyuk Britaniyadagi xususiy kolleksionerga topshirildi.







