Sudda Trampga qarshi tinglovlar yakunlandi
U 136 yilgacha qamalishi mumkin.

Endi sud hakamlar hayʼati qaror qabul qilishi kerak. Ularning maslahatlashuvlari bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2016 yilgi saylov kampaniyasi vaqtida o‘zi haqidagi salbiy maʼlumotlarni yashirish uchun hujjatlarni soxtalashtirganlikda ayblanmoqda.
Agar sud hakamlar hayʼati aybli hukmni maʼqullasa, sudya Xuan Merchan jazoni eʼlon qilishni alohida kunga tayinlaydi.
Ushbu jinoiy ish doirasida sobiq prezident jami 136 yilgacha qamoq jazosi, sinov muddati yoki jarimaga tortilishi mumkin. Sudlanganlik Trampning yana bir prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surishiga to‘sqinlik qilmaydi.







