Tailand O‘zbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi
Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor.

36 ta yangi davlat qatoriga O‘zbekistondan tashqari Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozog‘iston, Laos, Meksika, Marokash va boshqalar kirdi.
O‘zbekiston fuqarolari endi Tailandda 30 kun emas, balki 60 kun qolishlari mumkin. Avvalgi tartibda mamlakat fuqarolari Tailandga yetib borgandan so‘ng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.
Bundan tashqari, chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil mamlakatda qolishga ruxsat berildi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari kerak bo'lgan.







