Jizzaxda maqom bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazildi
Unda nomzodlar to‘rtta yo‘nalishda saralandi.

29-30 may kunlari Jizzax viloyatining musiqali drama teatrida Milliy maqom sanʼati yo‘nalishida respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 12 ta maqom ansambllari hamda 50 dan ziyod anʼanaviy sozanda va xonanda, jo‘rovoz ijrochilari ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar nomzodlari quyidagi yo‘nalishlarda saralab olindi:
—Eng yaxshi xonanda (erkak ovoz);
—Eng yaxshi xonanda (ayol ovoz);
—Eng yaxshi maqom ansambli;
—Eng yaxshi maqom sozandasi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha umumiy 18 nafar tanlov g‘oliblari aniqlandi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Jizzax viloyati hokimiyati hamda O‘zbek milliy maqom sanʼati markazi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi.







