Antalya-Toshkent reysida nosozlik yuz berdi
Holatga rasmiy munosabat bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Antalya-Toshkent reysi bo‘yicha uchadigan samolyotda texnik nosozlik kuzatilgani va parvoz kechiktirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Uzbekistan Airways rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, havo kemasi parvozni amalga oshirishga tayyor emasligi sababli parvoz Antalyadagi vaqt bo‘yicha 10:30 ga ko‘chirilgan. Barcha yo‘lovchilar jo‘nashni kutish vaqtida mehmonxonaga joylashtirilgan.
Taʼkidlanishicha, Toshkent - Antalya - Toshkent HY3223/3224 yo‘nalishi bo‘yicha parvoz o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra:
- Toshkentdan soat 12:00 da jo‘nash, mahalliy vaqt;
- Antalyaga kelish 15:10, mahalliy vaqt;
- Antalyadan jo‘nab ketish 17:00, mahalliy vaqt;
- Toshkentga yetib kelish 23:30, mahalliy vaqt.







