Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti Qoraqalpog‘istonda bo‘ladi
15-iyundan tadbirkorlarning murojaatlarini qabul qilish boshlanadi.

Shavkat Mirziyoyevning 2024 yildagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezidentning 30 maydagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo‘yicha respublika komissiyasi, shuningdek, hududlarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va hal qilish bo‘yicha ishchi guruhlar tuziladi.
15 iyundan ochiq muloqot o‘tkazilgunga qadar maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Sall-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlar murojaatlarini tunu kun qabul qilish tashkil etiladi.







