Amerikalik er-xotin suv ostidan 100 ming dollar topdi
Ular pul solingan seyfni magnit orqali tortib chiqarishgan.

Holat Nyu-York shahrida kuzatilgan. Jeyms Keyn va Barbi Agostini kuchli magnit yordamida suvdan pul solingan seyftni tortib chiqarishgan.
Politsiya seyfning asil egasini aniqlashning imkoni bo‘lmagani uchun er-xotinga pulni saqlashga ruxsat berdi.
Jeyms Keyn va uning rafiqasi pandemiya paytida metall buyumlar uchun maxsus magnit tayyorlashgan. Er-xotin shu orqali suv ostidan xazina izlashga qaror qilishgan.







